Kuz fasli inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
27.10.2021 - 18:14Kuz oylarida inson salomatligida ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Kishilarda tomoqning achishishi yoki bo‘g‘ilib qolishi, burun bitishi, tana haroratini ko‘tarilishi va shu kabi kasallik alomatlari tez-tez kuzatila boshlaydi.
Kuz fasli o‘zining sekin-asta sovuqlashayotgan havosi bilan insonlar organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bu faslda kunduzgi harorat nisbatan issiq bo‘lsa-da, kechasi havo haroratining pasayib borishi kuzatiladi. Bunday sharoit yozning issig‘idan yashiringan virus va bakteriyalar uyg‘onishi uchun qulay.