Янгиликлар

Матбуот анжуманида мактабгача таълим ташкилотлари тўғрисида маълумот берилди

Бугунги кунда Самарқанд туманида болаларни боғчаларга қамраб олишга катта эътибор қаратилмоқда. Туманда ташкил этилган матбуот анжинида шу хусусида маълумот берилди.

Faxriyev Jahongir Alisherovich «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga munosib ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan 1997-yilda Samarqand tumanida tug'ilgan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi Faxriyev Jahongir Alisherovich «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga munosib ko'rildi.

30 iyun — Yoshlar kuni 

Bu yil O‘zbekistonda to'rtinchi marta 30 iyun — Yoshlar kuni nishonlanadi. 2017 yil 30 iyun kuni «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu sanani mamlakatda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edi.

26 avgustda esa «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun matbuotda e’lon qilindi  (https://www.gazeta.uz/uz/2017/08/25/days/)va kuchga kirdi.

Yoshlar oyligi munisib nishonlabdi

Xabar qilganimizdek, 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand tumani Xo‘ja Ahrori Vali mahallasidagi Nodir Devonbegi madrasasi hududida galakonsert tashkil etildi. Tadbirda yosh iste’dod egalari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman hokimi va sektor rahbarlari hududda tashkil etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng umumta’lim maktabini a’lo baholarga bitirgan 23 nafar o‘quvchiga “Oltin”, 3 nafariga “Kumush” medallarini topshirishdi.

Tuman hokimi va bir guruh faxriylar xodimlar “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 25 yilligi” medali bilan taqdirlandi

Afg‘on urushi Ikkinchi jaxon urushidan so‘ng tarixda eng ko‘p yo‘qotishlar bilan iz qoldirgan yirik fojia bo‘lib qoldi. Aynan shu urush ko‘plab o‘zbek farzandini oramizdan olib ketgan deyishimiz mumkin. Afg‘on urushi 1979 yilning dekabridan 1989 yilning fevraligacha davom etdi.

Bugun “Yoshlar oyligi” doirasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha “Hokim kubogi” yakunlandi.

Unda umumta’lim maktablari hamda Bolalar va o‘smirlar sport maktablarining jamoalari ishtirok etdi. Jamoaviy va yakka tartibda bo‘lib o‘tgan musobaqada birinchi o‘rinni 2-BO‘SM jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rinni 13-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin 21-umumta’lim maktabi jamoasiga nasib qildi. Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tuman hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM