Hokim o‘rinbosarlari qabul o‘tkazdi
09.08.2022 - 14:35Viloyat hokimining joriy yil 4-avgustdagi 07-01/1360-sonli reja-jadvali asosida Samarqand tumani hokimining o‘rinbosarlari va ularning majmualari tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari bilan mahallalarda uchrashuv o‘tkazish belgilangan. Unga ko‘ra, har bir hokim o‘rinbosari 4 ta sektordagi mahallalarda aholi muammolarini o‘rganadi, ular bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Bo‘zi mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev aholi murojaatlarini tingladi. Ularga ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.