"Xalq va armiya - bir tanu bir jon!"
11.01.2022 - 17:32Samarqand tuman 20-umumta'lim maktabida "Xalq va armiya - bir tanu bir jon!" mavzusida ko'rgazmali tadbir tashkil etildi.
Самарқанд туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Samarqand tuman 20-umumta'lim maktabida "Xalq va armiya - bir tanu bir jon!" mavzusida ko'rgazmali tadbir tashkil etildi.
Samarqand tuman xalq ta’limi bo‘limida umumta’lim maktablarining MMIBDO‘lari uchun “Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish omillari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Samarqand tumanidagi 20-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Mard askar – yoshlar namunasi” shiori ostida sayoxat tashkil etildi.
O‘quvchilar “Yoshlar forumi - 2021” hamda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida O‘zbekiston havo yo‘lari qo‘riqlash maskanida bo‘lishdi. Bu yerda yoshlar harbiy texnika, qurol-aslahalar, ularni ishlatish tartibi bilan tanishtirildi. Shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.
Samarqand tumani "Talibarzuibolo" mahallasida yashovchi boquvchini yo‘qotgan Dilovar Tohirovaning xonadoni homiylar tomonidan qayta ta’mirlandi va yashash uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda egasiga topshirildi.
D.Tohirova bu ezgu ishda bosh-qosh bo‘lgan mahalla raisi U.Nasimov va 2-sektor rahbari U.Muhammadiyevdan minnatdor.
Tuman hokimligida tashkil etilgan seminarda xorijda qonuniy yo‘l bilan ishlash uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi muhokama qilindi. Tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari ishtirok etgan seminarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakili Ulug‘bek Allanov, Normamat Baxromov bu borada keng ma’lumot berdi.
Joriy yil 8 yanvar kuni “Fantastik to‘rtlik, sektor rahbarlari faoliyati” telegram https://t.me/fantastik_turtlik/490 kanali orqali “Samarqand tumani Chakka mahallasi aholisi 1 yildan beri gaz ta’minotisiz yashab kelmoqda. Ma’lum qilinishicha, mahallar fuqarolari o‘z hisobidan pul yig‘ib mahallaga gaz quvurlarini tortib kelishgan. Ammo 1 yildirki hamon mahallaga gaz ulanmagan” mazmunidagi video tarqaldi.
Mazkur holatni “Xududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari o‘sha zaxoti joyiga borib o‘rganishdi.