Янгиликлар

Texnikadan foydalanish qoidalarini buzganlarga nisbatan chora ko‘rildi

Inspeksiyaning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Havo harorati pasayishi kutilmoqda

4-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 4-5 noyabrda respublika bo‘yicha harorat 10-13° ga pasayishi mumkin.

4-noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Samarqand tumanida 701 gektar yer maydoni shudgor qilindi

Mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Zero, sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor, pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.

Hokim fuqarolarni qabul qildi

Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 20 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bandlik, moddiy yordam, yer masalalari va boshqa  muammolar yuzasidan  murojaatlar kelib tushdi.
Bildirilgan murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi mutasaddilari va har bir tashkilot vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.

Тадбиркорлик фаолиятини бошлаш ниятидаги фуқаронинг 23 000 АҚШ долларини қўлга киритган фирибгар аниқланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Самарқанд туман бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда, фуқаро А.А.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM