Munosabat
01.05.2024 - 12:06Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Registon ko‘chasida yuzaga kelgan nosozliklar transport vositalarining harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani to‘g‘risida post elon qilindi.
Holatni Samarqand tuman suv ta’minoti bo‘limi xodimlari joyiga borib o‘rgandi. Aniqlanishicha suv quvuri qopqog‘i fuqarolar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Mutasaddi xodimlar ushbu muammoning oldini olib, yangi qopqoq o‘rnatdi va ta’mirlash ishlarini olib borishdi.