Янгиликлар

Янги ҳаёт маҳалласида Шойигул кўчатлари ўтқазилди

Самарқанд туманининг Янги ҳаёт маҳалласида "Обод маҳалла" давлат дастури асосида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Маҳалла ҳудуди ва ички кўчалар тозаланиб, ҳудудда 2000 донадан ортиқ Шойигул (Канна) кўчатлари ўтқазилди.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasiga rahbar tayinlandi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining 2021 yil 14 iyuldagi 226-K sonli buyrug‘iga asosan Isrofil Abdulxayirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand tumani bo‘linmasiga rahbar etib tayinlandi.
I.Abdulxayirov shu kunga qadar Urgut tumani 74-umumta’lim maktabining kadrlar bo‘limi menejmenti xodimi vazifasida ishlab kelgan.

Saylovga 61 kun qoldi

Saylov jarayonlarida ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqotining muhim vositasi hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 45-46-moddalariga asosan saylovoldi tashviqoti matbuot konferensiyalari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar shakllarida ham olib borilishi mumkinligi belgilangan.
 
Tashviqot ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, internet orqali ham amalga oshiriladi.

Samarqand tuman IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshligʻi Samarqand tumani IIBda tumandagi jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib oʻrtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshligʻi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan tuman IIB rahbarligiga tayinlangan mayor Gafarov Farrux Xisravovichni shaxsiy tarkibga tanishtirib, tuman IIBning yangi rahbari zimmasiga ulkan ishonch, masʼuliyat va vazifalar yuklatilganligini taʼkidladi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM