Янгиликлар

Hokim 16-maktabga bordi

Xabaringiz bor tumandagi 16-umumta'lum maktabining qurilish-ta'mirlash ishlariga 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanmoqda. Tuman hokimi yaqinda maktabdagi bu ishlar bilan tanishib, tegishli topshiriqlar bergandi.

Ayni paytda sektor rahbarlari mazkur topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilmoqda. Qo‘shimcha 420 o‘rinli yangi bino qurilishini mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yakuniga yetkazish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar bermoqda.

Samargand tuman elektr ta'minoti korxonasi ogohlantiradi!

Bugun, 19 avgust kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha 35-10 kVli Nimstansiya "Bog'imaydon" da  ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Bu vaqt ichida Nimstansiya "Bog'imaydon" dan  ta'minlovchi Sanobar, Dachniy, Vatan, Zaxlik, Qaynama, Motrid, Guldor elektr tarmoqlarida uzilishlar kuzatilganligi sababli Samarqand tumanidagi О'zbekkenti, Qorasuv, Yangiobod, Xо'jag'unjoyish, Qaynama, Navbog', Zaxlik, Mirishkor mahallalarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Samarqand tuman elektr ta'minoti korxonasi ma'muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr suraydi.

Sudyalar tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari O‘.Murodov va F.Majidovlar Samarqand tumani “Rustam” va  “Parrandachilik” mahallasida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sudyalar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Bizda bo‘sh ish o‘rinlari bor

Samarqand tumani 1-sektor shtabida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 78 nafar fuqaro qatnashdi.
Yarmarkada tumanda faoliyat olib borayotgan 12 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalari 96 ta bo‘sh ish o‘rinlarini aholiga taklif qildi. Kelgusida o‘z kasbi bo‘yicha ishlash istagida bo‘lgan 47 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘llanmalar oldi.
Qolgan murojaatchilarga turli sohalarga ishga joylashish, kasbga o‘qitish yuzasidan tavsiya berildi.

“Mahallabay” ishlash markazida seminar bo‘ldi

Samarqand tumani “Mahallabay” ishlash markazida o‘tkazilgan seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Ganiyev va “mahallabay” ishlash markazi direktori A.Saidovlar ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir hududlarni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritdi. Seminarga mahallalarda faoliyat olib borayotgan ilg‘or tadbirkorlar,  Do‘stlik va Jo‘yi Abbos mahallasida ro‘yxatga olingan daromadga ega bo‘lmagan oilalarning mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolari jalb etildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM