Янгиликлар

Maktablarda o`ganish o`tkazildi

Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari A. Islomov, prokuror yordamchisi R.Vaxobovlar tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bu boradagi ishlarni sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Самарқандда гултувакларда гиёҳвандлик ўсимлигини етиштираётган шахс аниқланди

Самарқанд вилояти Самарқанд туманида хонадонида гултувакларда гиёҳвандлик ўсимлигини етиштираётган шахс аниқланган. Бу ҳақда вилоят ИИБ ахборот хизмати хабар (https://t.me/kunuzsamarqand/5697) бермоқда.

Маълум қилинишича, жорий йил 12 август куни Самарқанд тумани ИИБ ходимлари туманнинг Қорасув маҳалласида яшовчи фуқаро А.С.нинг яшаш хонадонини тегишли тартибда кўздан кечирган. Тадбир давомида А.С. яшаш хонасида гултувакларда каннабис парваришланиб келаётгани аниқланиб, гиёҳвандлик ўсимлиги ҳужжатлаштириб олинган.

Giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi

2021 yil 14 avgust kuni Samarqand tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Mironqul” mahallasida joylashgan Sil kasalliklari shifoxonasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Samarqand shahar “Ko‘ksaroy” mahallasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan S.V., T. ismli shaxsga marixuanna giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan.

Tumandagi oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punkti rahbarlariga topshiriq berildi

Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida tuman hokimi o‘rinbosari D.Azizova, birlashma boshlig‘i v.v.b T.Mehmonqulovlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholini "COVID-19"ga qarshi emlash va fuqarolarga emlanganligi to‘g‘risida sertifikatlarni o‘z vaqtida berish masalasi ko‘rib chiqildi. Shunungdek, fuqarolarga raqamlashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM