Tumanda madaniyat va san’atni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
11.10.2023 - 22:49Unda tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Ma’ruf Toshpo‘latov ishtirok etdi.
Bugungi kunda Samarqand tumanida 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazlarda 28 ta to‘garak faoliyati yo‘lga quyilgan bo‘lib, ularda jami 257 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar, maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.