Янгиликлар

“Mobil metodik guruhlar” faoliyati qoniqarlimi?

Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari pedagoglari bilimini oshirish hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda maktablarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazish, natijasida aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ilg‘or metodika va innovasiyalarga o‘rgatish tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Usta Umar Jo‘raqulov asos solgan maktab bir asrdan buyon davom etyapti

Bugun bu maktabning davomchilari ko‘p. Ulardan biri - qirq yildan buyon kulolchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan shogirdi Ilhom Bobomurodovdir.
Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishlog‘ida tashkil etilgan tadbir Usta Umar Jo‘raqulovni xotirlash, bugun kulolchilikni e’zozlab kelayotgan hunarmandlarni qadrlashga bag‘ishlandi. Unda Ilhom Bobomurodov shogirdlari va ishtirokchilarga oddiy loydan san’at asari yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tib berdi.

Jo‘yi Аbbosliklar 500 million so‘m daromadni ko‘zlab mehnat qiladi

Yurtimizda pishiqchilik mavsumi boshlanmoqda. Bugun bozorga borgan kishi tabarruk zaminimizda pishib yetilgan qulupnay, gilos, tut, sabzavot va poliz mahsulotlarini ko‘rib ko‘zi quvnaydi.

Bozorga chiqqani – dasturxonga tushgani, dehqonu bog‘bonning cho‘ntagi daromadga to‘lgani.

Mehnat qilgan kishi bugun hosilni, demakki daromadni yig‘ishtirib olmoqda.

Mirzo Ulug‘bek mahallasida tuman hokimligi mutasaddilari yoshlar hamda aholi murojaatlarini qabul qildi

Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qildi.

Xususan, davlat xizmatlari, pensiya va nafaqa tayinlash, yoshlar bandligi masalalarida 20 ga yaqin aholi muammosi o‘rganildi.

Kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandagi tegishli tashkilot va korxonalarning mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM