Logistika markazi fermer xo‘jaligining o‘zida
13.05.2022 - 10:19Samarqand tumanidagi transport logistikasi va eksportchi korxonalar tomonidan o‘tgan yil 22,6 million AQSH dollari miqdorida qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilingan. Bu yil esa ushbu ko‘rsatkichni 24,5 million dollardan oshirish ko‘zda tutilgan. Joriy yil boshidan buyon 6,7 million dollarlik mahsulotlar xorijga sotildi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash borasida boy tajriba to‘plagan tumanda ushbu yo‘nalishda eksport hajmini muttasil oshirib borishda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta transport logistika markazlarining o‘rni katta.