Arabxona mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
07.04.2022 - 16:50Qabulda dastlab tuman hokimi Nurafshon, Saxovat, Arabxona va Xishrav mahallalarini qanday muammolar qiynayotgani bilan qiziqdi. Xususan, mahallalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishini bildirdi. Bunda mahalla raislarining o‘z mahallalarida eng avvalo, qaysi muammolarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarini tingladi.
Shundan so‘ng fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.