Joriy yilda 7 mahalla binosi to‘liq foydalanishga topshiriladi
28.02.2022 - 18:36Samarqand tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tumandagi 74 ta mahallaning moddiy texnika ta’minotini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilgan. Masalan, 2021 yilda 3 ta mahalla binosi qurib, foydalanishga topshirildi. Qoziqo‘rg‘on, Konigil va Gulobod mahallalari shular jumlasidan. Bundan tashqari 7 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Tuman hokimning o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xasanov o‘tkazilgan ochqi muloqotda shudlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.