Янгиликлар

Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида машинасозлик саноатида амалга оширилаётган ишлар ва 2022 йилдаги устувор вазифалар муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Сўнгги тўрт йилда тармоқни трансформация қилиш бошланиб, “Ўзавтосаноат”га хорижий мутахассислар олиб келингани таъкидланди.

Хорижий компаниялар иштирокида янги корхоналар ташкил этиш ва акциз солиғини бекор қилиш орқали соҳада рақобат муҳити яратилди.

Натижада ўтган тўрт йилда автомобиль ишлаб чиқариш ҳажми 1,8 баробарга, тармоқ экспорти эса 2,7 баробарга ошди. Шунингдек, 2,6 минг турдаги бутловчи қисмларни ишлаб чиқариш ўзлаштирилди.

Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Sana munosabati bilan Samarqand tumanidagi 26-umumta’lim maktabida adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda Boburning hayoti va ijod yo‘li keng o‘rganildi. Gʻazal va ruboyilari o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishi orqali tamоshabinlarga yetkazib berildi.

Samarqand tumanida bog‘ va tokzorlar kengaymoqda

Davlatimiz rahbarining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan so‘nggi besh yilda birgina Samarqand tumanida katta maydonlarda yangi intensiv bog‘lar tashkil etildi.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016 yilga qadar tumandagi mavjud bog‘ maydonlarining 500 gektarini intensiv bog‘lar tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu raqam 4 ming 820 gektarga yetdi. Shuningdek, 4 ming 415 gektar maydonda tokzorlar barpo etildi.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Bugun o‘ta muhim va kechiktirib bo‘lmas masalani muhokama qilamiz. Bu – yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash.

Mamlakatimizda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok bo‘lgani katta fojiadir”, dedi davlatimiz rahbari.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM