Янгиликлар

Mulkdorlar ko‘magida 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

 

Samarqand viloyatida joriy yilda 1 ming 325 ta fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqliga aylantirish vazifasi belgilangan. Jumladan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 2 ming 338 gektar maydonda intensiv bog‘, sal kam 3 ming gektarda yangi tokzor, 327 gektar qulupnay, 38.9 gektarda issiqxonalar barpo etiladi. Ayni vaqtda 1 ming 164 ta fermer xo‘jaligida 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar boshlanib, 3 ming 709 dan ortiq ish o‘rni yartildi

Ertaga (22 sentyabr) tumanimizda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

Kun davomida avtotransport egalariga yoqilg‘i sarflaydigan transport vositalaridan foydalanishni to‘xtatish tavsiya etilmoqda. Qayd etish joizki, bu xalqaro darajadagi ramziy aksiya bo‘lib, jamiyatga tabiat va insoniyat uchun avtotransport vositalarining xavfliligini eslatish, shuningdek, muqobil transport vositalarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
 
Tuman hokimligi barcha aholini aksiyada faol ishtirok etishga va 22-sentyabrda piyoda yoki velosipedda yurishga chaqiradi.
 

"Куштамғали" ва "Мотрид" ободонлаштирилди

Самарқанд туман прокурори У.Мухаммадиев, туман хокими Н.Мавлонов томонидан "Куштамғали" ва "Мотрид" маҳаллаларида тегишли мутасадди ташкилот раҳбарлари иштирокида ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда.

Maktablarda seminar o'tkazildi

Samarqand tumanidagi   23 va  47-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida  Tabiiy fan o‘qituvchilarining  PISA   xalqaro tadqiqoti kontekstidagi tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash va shakillantirish bo‘yicha o‘quv - amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida o'qituvchilar bir-birlari bilan tajriba almashdilar, shuningdek kelgusida bunday amaliy seminarlarni kengaytirish ta'kidlandi.

Mas’ullar munosabat bildirdi

Bugun TOPNEWSUZ | RASMIY TELEGRAM KANALI orqali Samarqand tumani “Yuqori Chordara” mahallasidagi ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, bu borada hokimlikka qilingan murojaatlar natijasiz qolayotganidan shikoyat qilinib, yo‘llarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘ralgan videolavha tarqaldi.

Prokuror yig‘ilish o‘tkazdi

Samarqand tumani prokurori U.Muxammadiyev tashkilot rahbarlari va sektor ishchi guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini keng aholiga yetkazish, sektorda aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish masalasiga to‘xtaldi. Xususan, "Temir daftar", "Ayollar va yoshlar daftari"da turgan fuqarolarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratgan holda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilishda kelgusi rejalar belgilab olindi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM