Янгиликлар

Парвинани президент мукофотлади

Президент Шавкат Мирзиёев XVI Паралимпия ўйинлари иштирокчилари билан учрашди. 
Спортчи ва мураббийларга юксак мукофотлар тантанали равишда топширилди.
 (https://president.uz/uz/lists/view/4607)Тадбирда Миллий паралимпия қўмитаси ва спорт федерациялари раҳбарлари, паралимпиячиларнинг ота-оналари, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари ҳам қатнашди.
2024 йилги Паралимпия ўйинларига тайёргарлик кўриш бўйича муҳим вазифалар белгилаб берилди.
 

Samarqand tumanida nazorat tadbirlari kuchaytirildi

Tuman IIB hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, Do‘stlik mahallasida o‘tkazilgan shunday tadbirlardan birida aholi bilan keng targ‘ibot ishlari olib borildi. Bunda ekologiya va atrof-muhitni ifloslantirmaslik, daraxtlarning noqonuniy kesilishi holatlarini oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlashga yo‘l qo‘ymaslik kabi illatlar tushuntirildi.

“Фермерга мадад” акцияси  ҳақида биласизми?

Сўнги йилларда Ўзбекистон қишлоқ хўжалигини ислоҳ қилиш, хусусан соҳада бозор муносабатларини кенг жорий қилиш, соҳа иштирокчилари ўртасидаги муносабатларнинг ҳуқуқий асосини мустаҳкамлаш, инвестицияларни жалб қилиш борасида кенг қамровли ишлар амалга оширилмоқда.

Badal mahallasining odamlari hamjihat

Bugun odamlarimiz bunyodkorlik va ijodkorlik nafasi bilan yashashga odatlandi. Ularning tabiatida bag‘rikenglik, yaxshi-yomon kunda yelkadosh bo‘lishdek fazilat ustun. 
Buni Badal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida ko‘rishimiz mumkin. Keksayu yosh mahalla obodligi uchun hashar uyushtirgan. Mahallaning qabristonga olib boradagan yo‘liga asfalt qilishda ham ancha faol. Siz suratdlarda ko‘rib turgan fuqarolar badalliklardir.

Ochiq byudjet portalida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bunda Samarqand tumani aholisini nima qiziqtirishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan joriy joriy yil 13 avgustdan 2 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy web-sayt orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida Samarqand tumanida istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 60 ta takliflarga ovoz berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM