Янгиликлар

39-umumta’lim maktabi direktori lavozimi vakant qoldi

Xabar berganimizdek bugun Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani Kengash raisi, tuman hokimi Nosir Mavlonov olib bordi.
Unda Samarqand tumani sektor rahbarlari, tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Bu boradagi ishlar deputatlar tomonidan tahlil qilindi. Ayrim kamchiliklar tanqid ostiga olindi.

Samarqand tumanida aholini COVID-19 ga qarshi emlash jarayonlari qanday olib borilyapti?

Tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu masala muhokama qilindi. Unda tumandagi oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik poliklinikallari shifokorlari, tuman tibbiyot birlashmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
- Tumanda bugungi kunga qadar 53 ming 167 nafar fuqaro emlandi. Аммо бу ишлар етарли даражада олиб борилди, дегани эмас, - деди туман ҳокимининг ўринбосари Д.Азизова. - Бунинг учун тарғибот ишларини янада жонлантиришимиз зарур.
Tadbirda tegishli topshiriqlar berildi.

Hokim o‘rinbosarlari fuqarolarni rag‘batlantirdi

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida hududlarda sezilarli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda mahalla fuqarolari ham hudud obodligi uchun o‘z hissasini qo‘shayotir.
Gulobod mahallasida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanovlar ana shu ishlarda faol qatnashgan fuqarolarni rag‘batlantirishdi.

“Spark” avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda...

Joriy yil 18-avgust kuni soat 04:25 larda, Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Oʻrtashik” mahallasi hududida YPX xodimlari tomonidan “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, avtomobilning old oʻrindigʻi gʻilofining orqa tomondagi choʻntagida plastik idishning qopqogʻiga solingan, qogʻozga oʻralgan yashil rangli, oʻtkir hidli giyohvandlik vositasiga oʻxshash modda aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov (https://t.me/samiibuz/12100) harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB YHXB

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Chumchuqliga bordi

Mazkur mahallada navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminarda Samarqand tumani hokimi birinchi o‘rinbosari F.Gʻaniyev va "Mahallabay" ishlash markazi direktori A Saidov mahallada biriktirilgan lider tadbirkorlar hamda mahallaning daromadga ega bo‘lmagan oila a’zolari va ularning ishsiz fuqarolarini ish bilan ta’minlash, doimiy daromad manbaini yaratish masalalari muhokama etildi.

Hokim 16-maktabga bordi

Xabaringiz bor tumandagi 16-umumta'lum maktabining qurilish-ta'mirlash ishlariga 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanmoqda. Tuman hokimi yaqinda maktabdagi bu ishlar bilan tanishib, tegishli topshiriqlar bergandi.

Ayni paytda sektor rahbarlari mazkur topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilmoqda. Qo‘shimcha 420 o‘rinli yangi bino qurilishini mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida yakuniga yetkazish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar bermoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM