Янгиликлар

Saylov qonunchiligi buzilsa, ish sudda ko‘rib chiqiladi. Tizimda yana qanday yangiliklar bor?

Joriy yil oktyabr oyida mamlakatimizda Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonda ilk marotaba yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkaziladi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga tayangan holda o‘tkazilishi uchun joriy yil 31 mayda “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Nayman mahallasidagi chiqindilar olindi

SamTvr telegram kanali orqali “Namunali uylar atrofi chiqindixonaga aylanib bormoqda” mavzusida tanqidiy maqola e’lon qilindi. Unda Samarqand tumani 3-sektor hududida joylashgan Nayman mahallasidagi namunali uylar atrofi chiqindixonaga to‘la ekanligi tanqid qilingan. Tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari ushbu holatni o‘rganib, muammoni bartaraf etishdi.

Abdullo Nuriddinovga 40 million so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Bugun yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda hokimlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani, yoshlar tomonidan bildirilgan masalalar o‘z vaqtida qonuniy hal etilayotganini bunga bir misol qilib keltirish mumkin.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Quyi Chordara mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimi Nosir Mavlonov tumanning faol yoshlari bilan suhbatlashdi va bir guruh intiluvchan yoshlarning muammolarini yechib berdi.

Tuman hokimi Nosir Mavlonov: Kredit bilan bog‘liq masalalar ikki kunda hal etilishi kerak

Quyi Chordara mahallasidagi 2-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan sayyor qabulda sektor rahbarlari shu qarorga keldi.
Bundan tashqqari yer masalasidagi muammolar, ish bilan ta’minlash, elektr energiyasi, oilaviy nizolar o‘rtaga tashlandi. Qabulda shu kabi 30 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi. Qabul davomida har bir murojaatni tegishli tashkilot vakillari belgilangan muddatda ijrosini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM