Янгиликлар

Tuman hokimligida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Samarqand tuman kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasida tuman hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘lab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanovning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchilaklar hamda ularning yechimi bo‘yicha ahboroti eshitildi.

Saylov qonunchiligi buzilsa, ish sudda ko‘rib chiqiladi. Tizimda yana qanday yangiliklar bor?

Joriy yil oktyabr oyida mamlakatimizda Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonda ilk marotaba yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkaziladi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga tayangan holda o‘tkazilishi uchun joriy yil 31 mayda “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Nayman mahallasidagi chiqindilar olindi

SamTvr telegram kanali orqali “Namunali uylar atrofi chiqindixonaga aylanib bormoqda” mavzusida tanqidiy maqola e’lon qilindi. Unda Samarqand tumani 3-sektor hududida joylashgan Nayman mahallasidagi namunali uylar atrofi chiqindixonaga to‘la ekanligi tanqid qilingan. Tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot vakillari ushbu holatni o‘rganib, muammoni bartaraf etishdi.

Abdullo Nuriddinovga 40 million so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Bugun yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda hokimlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani, yoshlar tomonidan bildirilgan masalalar o‘z vaqtida qonuniy hal etilayotganini bunga bir misol qilib keltirish mumkin.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Quyi Chordara mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimi Nosir Mavlonov tumanning faol yoshlari bilan suhbatlashdi va bir guruh intiluvchan yoshlarning muammolarini yechib berdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM