Янгиликлар

Jaxolatga qarshi ma’rifat kerak

Insoniyat qadimdan buyon jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib kelgan.

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikasiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qumzorda har bir oila qo‘llab-quvvatlanadi

Mahallada tashkil etilgan tadbirda ana shu fikr ilgari surildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, ta’lim va tibbiyot muassasalari xodimlari, mahallada yashovchi keksa onaxonlar, “Ayollar daftari”da turuvchi ehtiyojmand oila vakillari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada dastlab Samarqand tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.Ganiyevning hisoboti tinglandi.

Har bir mahalla obod maskanga aylanishi kerak

Tuman hokimligida tashkil etilgan yig‘ilishda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi.
Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining asosiy vazifalari, xuquq va majburiyatlari hamda faoliyati doirasidagi mas’uliyati to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i J.Melikov ayrim mahalla raislari o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotganini tanqid qildi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlashda adolat ustivor

Ta’kidlash joizki, xalqimizni yanada qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotini yaxshilashga qaratilgan say-harakatlar natijasida o‘tgan davr moboynida Samarqand tumani Qorasuv massivida zamonaviy infratuzilma va loyihalarga asoslanib qad ko‘targan ko‘p qavatli xonadonlardan subsidiya asosida 120 ta va 2022-yil uchun 94 ta  uy ajratilgan.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM