Navbatdagi matbuot anjumanida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
25.02.2022 - 17:44Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi Azamat Gafurov ishtirok etdi.
- Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga nisbatan mustahkam insoniylik pozisiyasi bilan yondashishni talab etadi, - dedi A.Gafurov. - Yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har birimizning burchimizdir.