Davlatimiz rahbari «Silk road Samarkand» turizm markazi qurilishi bilan tanishdi.
10.02.2022 - 19:41Bu ulkan majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilmoqda. Loyihaning qiymati 381 million dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, «Abadiy shahar» karvonsaroyi qurilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi.
Bu yerda zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.