Янгиликлар

Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin

Xo‘ja Ahrori Vali masjidida tuman hokimi va sektor rahbarlari, tuman imom xatibi va nuroniylar qur’on tilovat qilishdi.
Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin. Ana shu qisqa, lekin zamirida olam-olam ma’no mujassam bu so‘zlarni bugun yurtimizdagi har bir fuqaro anglab yetmog‘i, shukronalik keltirmog‘i lozimligini ta’kidlashdi. Yon-tevaragimizda, dunyoning turli burchaklarida, yurtimizda uchrayotgan kasalliklarning yo‘q bo‘lib ketishini tilab duoga qo‘l ochdi. Shuningdek, qurbonlik qilinib, tumandagi yordamga muxtoj oilalar tarqatildi.

Samarqand tumanida 152 gektar ochiq yer maydoniga  g‘alla ekildi

2022 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tumanda 2022 yil hosili uchun 324 ta  fermer xo‘jaliklari tomonidan 2 ming 35 gektar yer maydoniga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bir kunda 26 gektar shundan jami 190 gektar maydonda yer tayyorlangan. 

Uy hayvonlari emlanyapti

Samarqand tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tumandagi mavjud chorva mollarini nodulyar dermatit va quy-echkilarning chechak kasalliklariga qarshi emlash ishlar olib borilmoqda.

Samarqand tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi axborot xizmati

Oʻzbekistonda 2023-yilda aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020 y.) Oʻzbekistonda 2023 -yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

2023-yil 1–25-noyabrda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida roʻyxatga olinadi.

Butun aholini roʻyxatga olish esa 2023-yil 1–25-noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

● 1–5-noyabrda aholi internet tarmogʻi orqali roʻyxatga olinadi;

Obodlik ko'ngildan boshlanadi

Xalqimiz asrlar davomida tozalik, ozodalikka qattiq rioya qilib kelgan. Chunki, obodlik ko‘ngildan boshlanadi. Zero, obod makonda ish unumli va barakali bo‘lish bilan birga obod bo‘lgan joyda farovonlik hukm suradi. Shu sababli bugun Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Ayni paytda tuman hokimi, sektor rahbarlari olib borilayotgan ishlarnining sifatini ko‘zdan kechirmoqda. Mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berilayotir.

Mulkdorlar ko‘magida 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

 

Samarqand viloyatida joriy yilda 1 ming 325 ta fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqliga aylantirish vazifasi belgilangan. Jumladan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 2 ming 338 gektar maydonda intensiv bog‘, sal kam 3 ming gektarda yangi tokzor, 327 gektar qulupnay, 38.9 gektarda issiqxonalar barpo etiladi. Ayni vaqtda 1 ming 164 ta fermer xo‘jaligida 20 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar boshlanib, 3 ming 709 dan ortiq ish o‘rni yartildi

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM