Янгиликлар

Munosabat

Zarnews.uz sayti https://zarnews.uz/f2ps orqali Samarqand tumani “Jo‘yisoy” mahallasida joylashgan 2 ta tor ko‘cha asfalt qilinmay qolib ketgani aholi tomonidan tanqid qilingan.
Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, “Jo‘yisoy” mahallasida joylashgan 2 ta tor ko‘cha 2022 yilda davlat dasturiga kiritilishi belgilangan.

“Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumiga joriy yilning 15-iyulidan start berildi.

Hurmatli Samarqand  tumani fuqarolari, Sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi? 

Endi ushbu muammolarni hal etish uchun budjet mablag‘lari Sizning tashabbusingiz asosida yo‘naltiriladi.

Samarqand tuman hokimligi moliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2 mavsumiga joriy yilning 15-iyulidan start berildi.

Jarayonda ishtirok etgan holda o‘z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin. 

Qishloqlarda yoshlar madaniyat markazlariga yo‘naltirilganmi?

Ushbu savolga tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Xursand Gaziyeva matbuot anjumanida javob qaytardi.
Tumanda 5 ta madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Madaniyat markazlarida faoliyat yuritib kelayotgan 26 ta to‘garaklarga jami 243 nafar yoshlar jalb qilingan.
Jumladan, rubob to‘garagiga 52 nafar, doira to‘garagiga 67 nafar, milliy estrada xonandaligi to‘garagiga 55 nafar, an’anaviy xonandalik to‘garagiga 57 nafar hamda maqom ijrochiligi yo‘nalishida 12 nafar yoshlar qamrab olingan.  

Mahalla raisi o‘z mahallasining egasi bo‘lishi kerak

Oldingi xabarlarimizda ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari uchun ikkinchi bosqich malaka oshirish o‘quvlari o‘tkazilmoqda. Mazkur o‘quvlar doirasida viloyat hokimining mahalla raislari bilan uchrashuvi ham dasturdan o‘rin olgan.  

Bugun Samarqand davlat universitetining katta majlislar zalida 170 nafar Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy, Bulung‘ur, Ishtixon va Samarqand tumanlaridagi  mahalla raislarining viloyat hokimi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM