Sudyalar sayyor qabul o‘tkazdi
08.06.2022 - 18:46Bugungi kunda har bir rahbar xalq bilan birga yashab, halq bilan birga uning dardi, muammolarini tinglab, o‘rganib, muammolarni joyida hal etishga harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Zero zamon va davr talabi shuni taqozo qilmoqda.
Shu qatori sudyalar ham hududlardagi aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini tinglab, o‘z yo‘nalishidagi muammolarni joyida hal qilish maqsadida sayyor qabullarni o‘tkazib kelmoqda. Shunday uchrashuvlardan biri Samarqand tumanida bo‘lib o‘tdi.