Til bilish dunyoni anglash demakdir
20.10.2021 - 16:17Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Samarqand tumanidangi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida yosh avlod qalbida ona Vatanga, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatning yanada ortishi, uning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berildi.