Oftobni uyg‘otgan ayollar
17.10.2022 - 20:23Qishloq ayollarining zaxmatkash mehnati, har qanday sharoitda oila yumushi, ro‘zg‘or muammosi, farzand tarbiyasidagi irodasi dunyo hamjamiyatining e’tirofiga loyiq bo‘lishida asoslidir. Hatto eng rivojlangan davlatlarda ham ular uy ishlaridan ortib dala yoki o‘z tomorqasida mehnat qiladi, aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga hissa qo‘shadi. Bugun ular sha’niga har qancha go‘zal ta’rif aytsak, oz.