Янгиликлар

Keksalar bugun “Aql charxi”da bellashdi

Insonni ulug‘lash, fuqarolarni davlat himoyasiga olish eng avvalo bosh qomusimizda alohida e’tiborga olingan. Bu ham bo‘lsa yurtimizda inson manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishdagi muhim qadam hisoblanadi.
Gap inson manfaatlari xususida borar ekan ko‘z oldimizga keksalarimiz keladi. Jamiyatimizning har bir jabhasida keksalar faoliyat yuritib, yosh avlod uchun o‘rnak bo‘layotgani bor gap.
Shu ma’noda O‘zbekistonda har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi. Uni o‘tkazishga ham katta tayyorgarlik ko‘rildi.

Hurmatli iste’molchilar!

Yurtimizda havo haroratining keskin pasayishi hamda ehtimoliy yog‘ingarchiliklar sababli, tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli, shuningdek, kundalik hayotda isitish moslamalaridan faol foydalanishning oshishi kutilmoqda. 
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tuman hokimligi va “Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi fuqarolardan yopiq gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish va issiq suv uskunalari hamda dudburonlardan foydalanishdan oldin ularga texnik xizmat ko‘rsatish kerakligini so‘raydi.

Murojaatchilar sektor rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi

Pulimug‘ob mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Xususan, Samarqand tumaniga mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi ko‘payib bormoqda. Shu bois tarixiy qadamjolarni obod qilishga e’tibor qaratilmoqda. Qabulda shu masala ham ko‘tarildi. Masala tez kunda yechiladigan bo‘ldi. Shuningdek, aholi gaz masalasining pastligi to‘g‘risida ham murojaat qildi. Moddiy yordam, uy-joy masalalari ham o‘rtaga tashlandi.
Qabulda imtiyozli kredit masalalarida bo‘lgan murojaatlar ijobiy yechim topganligi uchun sektor rahbarlariga minnatdorchilik bildirildi.

8-umumta’lim maktabi jamoasi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”da 10 million so‘mlik sertifikatga ega bo‘ldi

Yurtimizda 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot — o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugun alohida e’tibor qaratilmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM